Bu haqda Zamon.uz’ Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Voqea 23 yanvar kuni soat 13:30larda Xazorasp tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo`lgan.
Xazorasp tumanida yashovchi, 1977 yil tug`ilgan shaxs tibbiyot birlashmasi tomiga chiqqan. O`zini tomdan tashlamoqchi bo`lgan shaxs tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan pastga olib tushilgan.
Qayd etilishicha, u o`zining xatti-harakatlarini anglay olmaydigan darajada kuchli mast holatida bo`lgan. Fuqaro oila a`zolari hamrohligida qo`yib yuborilgan.
Hozirda Xazorasp IIB tomonidan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






