AsosiyJamiyat

OTMlar talabalari orasida koronavirus aniqlangani va fakultetlar yopilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

'OTMlar talabalari orasida koronavirus aniqlangani va fakultetlar yopilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ba`zi oliy ta`lim muassasalari (O`zMU, TDShU, FarPI, TATU Samarqand filiali) talabalari orasida koronavirus aniqlangani hamda fakultet va yotoqxona qavatlari dezinfeksiya uchun yopilgani to`g`risida xabarlar tarqaldi. 

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan maxsus axborot bilan chiqdi. 

"Oliy ta`lim muassasalari talabalari orasida ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan va birorta ham talabalar turar joyi binosi yopilmagan.

Haqiqatan ham, axborotni birinchi bo`lib ommaga tezkor etkazish davr talabi. Lekin har qanday xabarni emas, balki tekshirilgan, asoslangan ma`lumotlarni e`lon qilish – eng muhim jihat va jurnalistikaning “oltin qoida”si ekanini eslatib o`tamiz!

Shuning uchun xabarlarni tarqatishdan avval biroz sabr qilib, aniqlik kiritib, keyin e`lon qilish, juda ham zarur bo`lmasa, bu turdagi sovuq xabarlarni ommalashtirishdan tiyilish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz!" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar