AsosiyJamiyat

YPX xodimiga qarshilik ko`rsatgan qashqadaryolik haydovchi 8 sutkaga qamaldi

'YPX xodimiga qarshilik ko`rsatgan qashqadaryolik haydovchi 8 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Joriy yilning 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “GAI xodimi va shopir o`rtasidagi janjal” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, video lavha o`rganilganildi. 

Joriy yilning 25 yanvar kuni belgilangan taqsimot asosida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Chorshanbe qo`rg`onida xizmat olib borgan YPX xodimlari B.Xo`jaqulov va X.Yo`ldoshevlar tomonidan soat 12:10larda, ushbu hududdda joylashgan tibbiyot birlashmasi binosi ro`parasida harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi bo`lmagan “Kobalt” rusumli avtomobil to`xtatilgan.

YPX xodimi me`yoriy hujjatlarini so`ragan vaqtida, haydovchi hujjatlari yo`qligini ma`lum qilgan.

YPX xodimi belgilangan tartibda chora ko`rishi zarurligini aytgan vaqtida haydovchi xodimlarga qarshilik ko`rsatgan va o`zaro tortishuv sabab atrofda fuqarolar to`planishiga sabab bo`lgan.

Haydovchi qarshilik ko`rsatishda davom etib, avtomobilda voqea joyidan ketib qolgan.

YPX xodimi belgilangan tartibga ko`ra, YHXB boshlig`i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Bildirgi asosida surishtiruv ishlari olib borilib, haydovchi aniqlangan va unga nisbatan to`plangan hujjatlar ko`rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan haydovchi O.X. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 8 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar