1

Amerikalik ayolning egizak qizlari bilan tushgan surati internetni larzaga keltirdi(Foto)

Dunyo 06.02.2016, 19:49
Amerikalik ayolning egizak qizlari bilan tushgan surati internetni larzaga keltirdi(Foto)

29 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlardan birida e`lon qilingan amerikalik qizning onasi va egizagi bilan tushgan surati qisqa vaqt mobaynida 40000 ta “layk” yig`ishga muvaffaq bo`lgan.

Bu suratni 20000 dan ortiq foydalanuvchi o`z sahifasida e`lon qilgan.

Bu suratda esa 16 yoshli egizak qizlar va ularning 35 yoshli onasi Tina Braunni ko`rish mumkin. Egizak qizlardan biri ushbu suratga “Men,egizagim va oyim” deya izoh qoldirgan. Ammo suratga boqib, unda uch nafar tengdosh qizlarni ko`rish mumkin. Internet foydalanuvchilari esa suratdagilardan qaysi biri ona ekanligini bilolmay halak. Suratga boqib, bu erdagi aks etganlarning qaysi biri ona ekanligini anglash juda qiyin. Egizaklarning o`zlari ham tanishlari ularni tez-tez adashtirishi va begonalar ularni ko`pincha uch nafar opa-singillar deb o`ylashini aytgan.

Ko`pchilik egizak qizlarning onasidan bunday yosh ko`rinishining sababini so`raydi. U esa imkon qadar kamroq asabiylashishni va ko`proq suv ichishni tavsiya etadi.

Suratdagilardan qaysi biri ona ekanligini anglab etmagan internet foydalanuvchilariga egizaklardan biri Kaylan sirni oshkor qildi va suratdagilardan qaysi biri onasi ekanligini aytdi:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1