AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 4617 kishi koronavirusga qarshi emlandi

'O`zbekistonda 4617 kishi koronavirusga qarshi emlandi'ning rasmi

Bu haqda bugun  Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Botir Qurbonov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.  

" - Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, 5000 nafar ko`ngillilar orasida immunizasiya tadbirlarini o`tkazilishi uchun vaksina olib kelingan. Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, bugungi kunda Innovasiyani rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 3-faza klinik bosqichi o`tkazilmoqda.

 Ko`ngillilarni tibbiy ko`rikdan va skringdan o`tkazish ishlari 2020 yilning 12 dekabridan boshlangan bo`lib, 2021 yil 27 yanvariga qadar 9583 nafar ko`ngilli tibbiy ko`rik va suhbatdan o`tkazildi.

2020 yilning 12 dekabridan 27 yanvariga qadar jami 4617 nafar ko`ngillida vaksinasiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirildi", - dedi   Botir Qurbonov.

 

    Boshqa yangiliklar