Hodisa 17 yanvar kuni sodir bo`lgan.
Yasmin Banu ismli hind ayoli o`z uyida hushidan ketadi. Uning akasi singlisini shifoxonaga olib boradi. U erda shifokorlar ayolga favqulodda operasiya kerakligini aytadi. Shu bilan birga, shifokor Yasminni kasalxonada davolashdan bosh tortadi.
Ertasi kuni ayol boshqa klinikaga ko`chiriladi. Uning akasi shifoxonaga 130 ming rupiyani singlisini davolash uchun avans to`laydi. Ammo operasiya boshlanishidan oldin shifoxona vakillari bemorning miya o`limiga uchraganini aytishadi.
Keyin yigit dafn marosimiga tayyorgarlik ko`rish uchun singlisining jasadini qabristonga olib boradi. Dafn marosimidan bir necha daqiqa oldin jasad yana nafas olishni boshlaydi. Shundan so`ng, ayolga suv beriladi va uni maxsus shifoxonaga olib borishadi.
Sog`liqni saqlash xodimining so`zlariga ko`ra, shifoxonadagi hujjatlarda ayolning o`lganligi qayd etilmagan.
"O`ylaymanki, tushunmovchilik yuz berdi. Shifokorlar, ehtimol, oilasiga, bemorda miya o`limi holati qayd etilgani uchun uni uyiga olib ketishni aytishgan. Chunki bunday holatda ular bemor uchun foydali hech narsa qila olmaydilar. Oilasi esa ayolni o`lik, deb o`ylagan va uni qabristonga olib borishgan. Bemor hozir davolanmoqda", - deydi shifokor.






