AsosiyJamiyat

Sud ajrimi bilan amal qilishi to`xtatib turilgan pasport o`rniga yangi pasport berish tartibi joriy qilinadi

'Sud ajrimi bilan amal qilishi to`xtatib turilgan pasport o`rniga yangi pasport berish tartibi joriy qilinadi'ning rasmi

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, Prezident farmoni (PF-6146, 26.01.2020y) bilan ayrim hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.  

Unga ko`ra, endilikda pasport berish uchun “Davlat boji to`g`risida”gi qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi (ilgari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undirilgan).

 Qaror bilan, sud ajrimi bilan amal qilishi to`xtatib turilgan pasport o`rniga yangi pasport berish tartibi joriy qilindi.

Qidiruvda bo`lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi to`xtatib turilgan pasport ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati bo`linmalari tomonidan ma`lumotlarni yig`ish punktiga yo`q qilish uchun jo`natish maqsadida olib qo`yiladi va unga pasporti olib qo`yilganligi haqida dalolatnoma beriladi.

Vaqtincha xorijda bo`lgan pasportining amal qilishi to`xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi O`zbekistonga qaytish guvohnomasini olish uchun O`zbekistonning konsullik muassasasiga murojaat etganda uning pasporti olib qo`yiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qo`yilgan pasportni yo`q qilish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali ma`lumotlarni yig`ish punktiga yuboriladi.

Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to`xtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi pasport ma`lumotlarni yig`ish punkti tomonidan ushbu bandda ko`rsatib o`tilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun ichida beriladi.

Bunda yangi pasportni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

● belgilangan shakldagi ariza;

● prosessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqidagi tasdiqlangan qaror nusxasi;

● davlat boji to`langanligi haqida kvitansiya.

Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to`xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun ma`muriy javobgarlikka tortilmaydi.

 Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi pasport rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar