AsosiyJamiyat

Senatorga tegishli klaster xorijdagi ilk savdo majmuasi ochdi

'Senatorga tegishli klaster xorijdagi ilk savdo majmuasi ochdi'ning rasmi

«BCT Cluster» paxta-to`qimachilik klasteri Qirg`izistonning O`sh shahrida o`z savdo majmuasini ochdi.  Bu haqda senator Murtazo Rahmatov xabar berdi.

Uning aytishicha,  «BCT Cluster» klasteri paxta etishtirishdan tortib, tolani chuqur qayta ishlashgacha bo`lgan barcha “sanoat zanjiri”ni to`liq bog`lagan ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Bugungi kunda klaster tarkibidagi “Bukhara Cotton Textile” korxona 8450 tonna kalava ip,  15 million pogon metr denim jinsi mato, 12,5 million dona “Denim klassik” va “Denim streych” shimlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

" - Yuz foiz tabiiy bo`lgan «B Jeans» milliy brendi ostidagi kiyim-kechaklarga tashqi bozorlarda talab katta. Shu bois xorijiy davlatlarda 100 ta savdo nuqtasini ishga tushirish rejalashtirilgan. O`sh shahridagi savdo majmuasi birinchisi bo`ldi. Kelgusida Evropa davlatlari, Boltiqbo`yi respublikalari, Yaponiya va AQShda ham shunday savdo tarmoqlari faoliyati yo`lga qo`yiladi", dedi Murtazo Rahmatov.

    Boshqa yangiliklar