1

Ispaniyada ilk marotaba homilador ayol Zika virusini yuqtirdi

Dunyo 06.02.2016, 20:18
Ispaniyada ilk marotaba homilador ayol Zika virusini yuqtirdi

Ispaniyada yaqinda Kolumbiyadan qaytgan homilador ayolning Zika virusini yuqtirib olgan aniqlandi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar bermoqda.

Bu virus asosan pashsha chaqqanda yuqadi. Butun dunyo sog`liqni saqlash tashkiloti mazkur yilning 1 fevraliga qadar Janubiy va Shimoliy Amerikada favqulodda vaziyat yuzaga kelib, Zika virusi tarqalganini tan oldi. 2015 yilning noyabr oyida Braziliya sog`liqni saqlash vazirligi agar homilador ayol bu virusni yuqtiradigan bo`lsa, ona qornidagi bola mikrosefaliyaga, ya`ni bosh chanog`ining kichrayishi hodisasiga uchrashi, natijada bola aqlan zaif, ko`rish va eshitish a`zolaridagi kamchiliklar bilan tug`ilishi haqida ogohlantirgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1