22 yanvar kuni Farg`ona viloyati IIB PPX va JTSB 2-bataloni xodimlari tomonidan Munavvar ko`chasida xizmat olib borish davomida shu ko`chada joylashgan eshik-rom ishlab chiqarish sexi yaqinida bo`lgan shubhali ko`ringan fuqaro Yu.S.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, avtomashina old o`rindig`i ostida «marixuana» giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






