AsosiyJamiyat

Abiturientlar uchun test natijasini ko`rish osonlashtirildi

'Abiturientlar uchun test natijasini ko`rish osonlashtirildi'ning rasmi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Davlat test markazining test natijalarini ko`rish bo`yicha qo`shimcha imkoniyat yaratildi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmatining ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, endilikda test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari e`lon qilingandan so`ng my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirmagan holda ham o`z natijalarini bilishi mumkin.

Buning uchun mazkur saytdagi “Natijani ko‘rish” bo`limiga test topshiriqlari kitobi raqami va sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymatini kiritish kifoya.

Unda quyidagi ma`lumotlar aks etadi:

  • Test topshirilgan fanlar;
  • har bir fan bo`yicha test topshiriqlari soni;
  • har bir fan bo`yicha to`g`ri javoblar soni;
  • har bir fan bo`yicha umumiy to`plangan ball;
  • har bir test topshirig`iga to`g`ri yoki noto`g`ri javob berilganligi.

Ma`lumot uchun, diagnostik-test sinovida ishtirok etgan talabgorlar ham o`z natijalarini shu erdan bilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar