“Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra:
● 2021 yil 1 aprelgacha davlat xaridlari sohasidagi maxsus axborot portalida qurilish sohasida davlat xaridlarini elektron shaklda o`tkazishni nazarda tutuvchi alohida sahifa yaratiladi.
● 2021 yil 1 maygacha Markaziy axborot portalini yaratish bo`yicha texnik-loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida ekspertizadan o`tkaziladi.
2021 yil 1 sentyabrgacha davlat xaridlari bo`yicha barcha ma`lumotlarni jamlovchi va tashqi axborot tizimlar bilan o`zaro elektron hamkorlikni ta`minlovchi Davlat xaridlari markaziy axborot portali dasturiy majmuasi yaratiladi.
Markaziy axborot portalini ishlab chiqish va uni kuzatishni ta`minlash Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2021 yil 1 apreldan davlat xaridlari ijrochisining muassislari to`g`risidagi ma`lumotlar davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestriga kiritiladi.
Qaror bilan shuningdek, davlat xaridlari markaziy axborot portalini yuritish bo`yicha funksional talablar tasdiqlandi.






