Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2020 yil reytingini ishlab chiqdi.
Reytingga muvofiq, O`zbekiston o`z o`rnini 7 pog`onaga o`zgartirib, 180 ta davlat orasida 146-o`rinni egalladi (2019 yilda 153 o`rin).
Shu bilan bir qatorda, reytingda O`zbekiston 26 ballni qayd etdi, bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko`rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.
Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomalardan foydalaniladi.
Reytingda 88 ball bilan Daniya va Yangi Zelandiya etakchilikni qo`lga kiritdi. Top-10 reytingdan Finlyandiya, Singapur, Shvesiya va Shveysariya (85 baldan), Norvegiya (84), Niderlandiya (82), Germaniya va Lyuksemburg (80 dan) ham joy oldi.
Eng yomon ko`rsatkichni Somali, Janubiy Sudan (12 balldan), Suriya, (14 ball), Yaman va Venesuela (15 balldan) qayd etdi.






