Bu haqda AOKAda Sirdaryo viloyati hokimi o`rinbosari O`lmasjon Mamadaminov ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
« - 4 790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd. so`m moddiy yordam mablag`lari plastik kartalarga tushirildi. Shundan, 4 541 ta fuqaroga 181,6 mlrd.so`m (40 mln. so`mdan) va 249 ta fuqaroga 5,0 mlrd.so`m (20,0 mln so`mdan).
Toshqini oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar etgan fuqarolar uchun jami 52,5 ga er maydonlari tanlanib, 2 640 ta xonadonli 86 ta ko`p qavatli turar joy qurildi. Mazkur ko`p qavatli uylarning narxi shartnoma bo`yicha 855,4 mlrd. so`m.
2 577 ta xonadon respublika, viloyat va tumanlar ishchi guruhlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan adolatli o`rganilib, qur`a tashlash yo`li bilan egalariga topshirildi», dedi hokim o`rinbosari.






