1

Tayvanda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 26 nafarga etdi

Dunyo 07.02.2016, 16:44
Tayvanda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 26 nafarga etdi

Tayvan janubida sodir bo`lgan zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 26 nafarga etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. 

Shuningdek, yuzdan ortiq kishi bedarak yo`qolgan.  170 dan ortiq jabrlanganlar Taynan shahrida joylashgan “Oltin ajdaho” nomli 17 qavatli turar joy qoldiqlari ostidan topilgan.

Avvalroq 17 kishining halok bo`lgani aytilgan edi.

Mahalliy hukumat vakillari hozirda 17 qavatli uyning zilzila oqibatida ag`darilib ketishi sabablarini o`rganmoqda. Ammo bu turar-joyning sifatsiz xom ashyodan barpo etilgani oqibatida yuz bergan bo`lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.

Eslatib o`tamiz, Tayvan shahrida 6 fevral, shana kuni tongda 6,4 magnitudali zilzila yuz bergan edi.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1