AsosiyJamiyat

Yangi o`quv yilidan abiturientlarga ta`lim yo`nalishlarini tanlashlari uchun cheklov qo`yilmaydi

'Yangi o`quv yilidan abiturientlarga ta`lim yo`nalishlarini tanlashlari uchun cheklov qo`yilmaydi'ning rasmi

Davlat test markazi direktori Majid Karimov O`zA muxbiri bilan suhbatda sohada kelgusida amalda oshirilishi ko`zlanayotgan rejalar xususida ma`lum qildi. 

" -  Avvalo, 2021/2022 o`quv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi bo`lsa ham, o`zgarishlar bo`ladi.

Masalan:

birinchidan, oliy va professional ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar uchun cheklanmagan miqdorda ta`lim yo`nalishlari bo`yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish (bunda to`plagan ballari bilan tanlov bosqichida abiturient avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta`lim yo`nalishlarini tanlashi mumkin bo`ladi va o`qishga kirish imkoniyati keskin oshadi);

ikkinchidan, oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga o`qishga qabul qilish bo`yicha test sinovlari o`tkaziladigan fanlar majmuasiga kiruvchi umumta`lim fanlaridan milliy sertifikat berish tizimini amaliyotga joriy etish (bunda abiturient joriy etilgan chet tili fanlaridan sertifikat berilishi kabi abiturient boshqa umumta`lim fanlaridan milliy sertifikat olishi va u oliy ta`lim tashkilotlariga o`qishga kirishda hisobga olinishi yo`lga qo`yiladi);

uchinchidan, chet tillarni bilishni baholash bo`yicha ko`p darajali test tizimini joriy etish (bunda talabgor sinovlarda bir marta ishtirok etib, mos darajalardan biriga ega bo`ladi);

to`rtinchidan, Xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda test sinovlarini tashkil etish va xalqaro sertifikatlarni berishni yo`lga qo`yish (bunda xalqaro tajriba o`rganiladi, amalda tatbiq etiladi va talabgorlarning ishlari xalqaro baholash mezonlari asosida baholanadi);

beshinchidan, test sinovlarini o`tkazuvchi etakchi markazlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish (bunda Davlat test markazi test topshiriqlarini shakllantirishdan to tashkiliy ishlarni amalga oshirishga qadar bu kabi muassasalar bilan hamkorlik bo`yicha qo`shma loyihalar ishlab chiqishi, xalqaro ekspertlar ishtirokida treninglar o`tkazishi, eng maqbul usul va shakllarni joriy etishi mumkin);

oltinchidan, test sinovlarida ishtirok etadigan guruh nazoratchilarini tanlash va tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish (bunda Davlat test markazining rasmiy saytida alohida sahifa ochilib, nazoratchilar tanlovini yil mobaynida amalga oshirish, onlayn tayyorlash va saralash ishlari yo`lga qo`yiladi)", - deydi Davlat test markazi direktori.

    Boshqa yangiliklar