Agentlik axborot xizmati ma`lum qilishicha , ushbu sertifikat davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko`rsatishni amalga oshirishda, shu jumladan:
▪️ davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan nazorat qilish;
▪️ davlat xizmatlari ko`rsatish sohasida davlat organlari faoliyatini nazorat qilish;
▪️xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlardan xayriya ehsonlari va homiylik mablag`larini olish va sarflash, jismoniy va yuridik shaxslarning badallari, shuningdek grantlarni qabul qilish va sarflash;
▪️ Davlat xizmatlari markazlari binolarini investor mablag`lari hisobidan qurilishini tashkil etish yo`nalishlarini qamrab oladi.






