AsosiyJamiyat

“Qashqadaryolik savodsiz GAI xodimi”ga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda

'“Qashqadaryolik savodsiz GAI xodimi”ga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda'ning rasmi

Bugun, 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB holat yuzasidan o`rganishlar olib bordi va quyidagilarni ma`lum qildi:

Video lavha o`rganilganda, joriy yilning 20 yanvar kuni belgilangan taqsimot asosida 4R-79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo`lining 6-kilometrida xizmat olib borgan viloyat IIB YHXB xodimi J.Qurbonov tomonidan “Neksiya” rusumli avtomobil 1.1 yo`l yotiq chizig`ini bosib harakatlanganligi uchun to`xtatilganligi va haydovchi B.X.ga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi ma`lum bo`ldi.

Qarshi shaxar “Beklar” MFYda yashovchi fuqarolarning murojaati asosida ushbu kilometrda orqaga qayrilib olish joyi ochilgan.

Qayrilib olish joyida yo`l xarakatini tashkil etish va yo`l belgilari bilan boshqarish sxemasi tegishli idoralar bilan kelishilgan holda 2021 yil 14 yanvar kuni tasdiqlangan. Tasdiqlangan sxemada ko`rsatilib o`tilgan 5.11.1 “Qayrilib olish joyi”, 7.1.1 “Manzilgacha bo`lgan masofa”, 5.8.1 “Bo`laklar bo`yicha xarakat yo`nalishi” yo`l belgilari o`rnatilmaganligi hamda 1.6 (yaqinlashish chizig`i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo`lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo`nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig`iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiruvchi yo`l chizig`i chizilmaganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv davomida haydovchiga nisbatan rasmiylashtirilgan bayonnomaga huquqiy baho beriladi.

    Boshqa yangiliklar