AsosiyJamiyat

Qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizasiya qilishga, qayta ishlashga yo`naltirilishi shart

'Qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizasiya qilishga, qayta ishlashga yo`naltirilishi shart'ning rasmi

Bugun, 28 yanvar kuni “Qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.  

Unga muvofiq, barcha turdagi qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizasiya qilishga, qayta ishlashga yo`naltirilishi shart.

Qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish xarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutiladi hamda qurilish ishlari qiymatiga qo`shiladi.

 Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash ularning xavflilik sinfiga ko`ra:

xavfsiz qurilishi chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida;

xavfli qurilish chiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutiladi va chiqindilarning fuqarolar sog`lig`i hamda atrof-muhitga zararli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlovchi boshqa idishlarda amalga oshiriladi.

 Qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran uch oy o`tgach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar