2020 yilda Rossiya aholisi 510,5 ming kishiga kamaydi, bu 2005 yildan buyon kuzatilayotgan eng katta ko`rsatkich. Bu haqda "Meduza" xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga ko`ra Rossiyada 146,2 million kishi yashayapti (2020 yil 1 yanvar holatiga - 146,7 million).
RBC-ning qo`shimcha qilishicha, COVID-19 epidemiyasi fonida Rossiyada o`lim darajasi 2020 yilning 10 oyi davomida eng yuqori ko`rsatkichga aylandi: o`lim soni har o`n ming aholiga 113,2 kishini tashkil qilmoqda. 2019 yil bilan taqqoslaganda, bu raqam 10 foizga o`sgan.
Shu bilan birga, Rossiyada tug`ilish darajasi pasayib bormoqda: 2020 yil yanvar-noyabr oylarida tug`ilganlar soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga kam.