AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 apreldan bog`cha puli o`rtacha 15 foizga oshishi mumkin

'O`zbekistonda 1 apreldan bog`cha puli o`rtacha 15 foizga oshishi mumkin'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “2021 yil uchun davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi miqdorlarini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Mazkur qaror loyihasi O`zbekiston bosh vaziri va O`zbekiston prezidenti administrasiyasi rahbari huzurida o`tkazilgan yig`ilish bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qaror loyihasida 2021 yil uchun davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi miqdorlarini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, amalda davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga ota-onalar to`lovidan tushgan mablag`lar to`liqligicha bolani ovqatlantirish xarajatlariga yo`naltirib kelinmoqda.

“2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonunga asosan 2021 yilda iste`mol narxlari indeksi 9-10 foiz miqdorda bo`lishi prognoz qilingan.

Shunga ko`ra, qaror loyihasida davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi miqdorlarini 2021 yilning 1 aprelidan boshlab o`rtacha 15 foiz oshirish ko`zda tutilgan.

Navoiy viloyatining G`ozg`on shahri va Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ota-onalar to`lovi miqdorlari ikki baravar kamaytirilgan holda belgilanishi nazarda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar