AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimiga yangi o`rinbosar etib tayinlandi

'Toshkent shahar hokimiga yangi o`rinbosar etib tayinlandi'ning rasmi

Furqat Mahmudxo`jaev Toshkent shahar hokimining o`rinbosari - Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar  hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Uzoq yillar davomida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yuritib kelgan Mahmudxo`jaev Furqat Sidiqxo`jaevich ushbu lavozimda ish boshladi.

Furqat Mahmudxo`jaev 1965 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1989 yil Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. Ko`p yillar davomida Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo`lib ishlagan. 2020 yil fevral oyidan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari - matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritgan. 

    Boshqa yangiliklar