AQSh prezidenti Jo Bayden kelasi hafta immigrasiya bo`yicha yangi rejalarni e`lon qilishi mumkin.
Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Jen Psaki jurnalistlarga ma`lum qildi.
"Kelgusi haftada prezidentning immigrasiya bo`yicha aytadigan yangiligi bor", – degan Psaki.
Avvalroq AQSh telekanallari Baydenning qochqinlarni qabul qilish bo`yicha farmonni imzolashga tayyorlanayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
Donald Tramp prezidentligi davrda AQShda qochqinlar amalda umuman qabul qilinmay qo`ygandi. 2021 yil uchun esa atigi 15 minglik limit belgilangandi. Aslida koronavirus pandemiyasi tufayli qochqinlar shundoq ham mamlakatga kiritilmayotgan edi.






