Xalq ta`limi vazirligi tomonidan www.idea.uzedu.uz g`oyalar portali ishga tushirildi. XTV matbuot xizmatining xabar berishicha, endilikda ushbu portal orqali xalq ta`limi sohasini rivojlantirishga oid g`oya va takliflarni to`g`ridan-to`g`ri Xalq ta`limi vazirligiga yuborish imkoniyati yaratildi.
G`oya va takliflarni yuborish uchun: www.idea.uzedu.uz veb-sahifasida “G`oyangizni yo`llang!” tugmasini bosing.
"Sizning g`oyangiz biz uchun muhim! Ta`lim tizimini rivojlantirishga o`z hissangizni qo`shing" deyiladi xabarda.






