“Aeroflot” kompaniyasiga qarashli Airbus A330-343 samolyoti, uchuvchilar kabinasidagi oynaning yorilib ketishi oqibatida Sheremetevo aeroportiga qaytdi.
Moskvadan Petropavlovsk-Kamchatka yo`nalishida parvoz qilgan samolyotning oynasi Xanti-Mantiysk avtonom okrugi hududida darz ketdi.
Ekipaj komandiri darhol Moskvaga qaytish to`g`risida qaror qabul qildi. Samolyot bortida 220 nafar yo`lovchi bo`lgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.