1

Londonda Jeki Chan ishtirokidagi film s`yomkasini terakt sifatida qabul qilishdi

Dunyo 08.02.2016, 10:16
Londonda Jeki Chan ishtirokidagi film s`yomkasini terakt sifatida qabul qilishdi

Londonda Jeki Chan ishtirokida yangi film suratga olinmoqda, deb xabar beradi “Vesti”.

London shahrining Lambet ko`prigida portlash sahnasi suratga olindi. Bu vaqtda aholi vakillaridan birontasi tasodifan zararlanmasligi uchun ko`prik atrofi o`rab olingan edi.

Biroq londonliklar taniqli aktyor Jeki Chan filmi s`yomkasini terrorchilar hujumi sifatida qabul qildi. Ularning ayrimlari kinochilar tomonidan oldindan ogohlantirilmagani uchun e`tiroz bildirgan.

Londonliklarning aytishicha, film suratga olish jarayoni ularga 2005 yil 7 iyul sanasida yuz bergan teraktni eslatgan. O`shanda terrorchilar hujumi oqibatida 52 kishi halok bo`lgan yana 700 kishi jarohatlangan edi.

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1