AsosiyDunyo

NATO Bosh kotibi Rossiyaning «tajovuzkor harakatlariga» tayyor turishga chaqirdi

'NATO Bosh kotibi Rossiyaning «tajovuzkor harakatlariga» tayyor turishga chaqirdi'ning rasmi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans harbiy qo`mitasi a`zolaridan o`z mamlakatlarining mudofaa qobiliyatini qo`llab-quvvatlashni va Rossiyaning «tajovuzkor harakatlariga» javob berishga tayyor bo`lishni so`radi.

«Bosh kotib ittifoqchilarni mudofaa xarajatlarini ko`paytirishni davom ettirishga, zamonaviy imkoniyatlarga sarmoya kiritishga va bizning harbiy kuchlarimiz Rossiyaning tajovuzkor harakatlari, terrorizm va Xitoyning ko`tarilish xavfi kabi muammolarga javob berishga tayyor bo`lishga chaqirdi», deyiladi bayonotda.

Stoltenbergning so`zlariga ko`ra, Shimoliy Atlantika alyansi a`zolarining demokratik tartibi va qadriyatlari «shubha ostiga qo`yilgan».

Dekabr oyida NATO kamida 2030 yilgacha alyans uchun Rossiya asosiy harbiy tahdid ekanligini xabar qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar