O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova shaxsiy hayoti va ijodiga doir savollarga javob berdi. “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida u “Kasbingizning haligacha o`zingizga yoqmaydigan taraflari bormi?” degan savolga:
“San`atkor xalq xizmatlariga borganida, dunyoqarashi, bilimi, farosati ham har xil odamlarga duch keladi. Uning tashrifi kimgadir yoqadi, kimdir uni to`g`ri tushunadi, kimdir qabul qilmaydi, nojoizlikka yo`yadi. Mana shunday vaziyatga tushsam, to`ylarga san`atkor sifatida borgim kelmay qoladi” — deya javob berdi.
Shuningdek, xonanda konserti oldidan matbuot anjumani o`tkazmayotganligiga quyidagicha izoh berdi:
“Matbuot anjumani o`tkazishni xohlamadim. Chunki hozir havaskor “jurnalist”lar ko`p. Ularning mantiqqa to`g`ri kelmaydigan, bo`lar-bo`lmas savollariga javob berib vaqtimni ketkazishni, asabimni buzishni xohlamayman. Lekin haqiqiy jurnalistlarning savollariga soatlab javob berishim mumkin”





