Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 29 yanvar kuni Toshkent viloyati Chirchiq tumanidagi mashinalarga xizmat ko`rsatuvchi binoda yong`in kelib chiqqani aks etgan video tarqaldi.
Ma`lumotlarga qaraganda, yong`in sodir bo`lgan bino ichida mashina bo`lgan va u ham yonib ketgan.
Voqea yuzasidan to`liq tavsilotlar ochiqlanmagan.






