AsosiyJamiyat

Karaoke va bilyard zallari faoliyatiga ruxsat berildi

'Karaoke va bilyard zallari faoliyatiga ruxsat berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining yig`ilish bayoniga ko`ra, ba`zi faoliyat turlariga, jumladan  karaoke va bilyard zallari, SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi.

Hujjatning 6-bandiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakilning iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini ta`minlash, shuningdek, ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni qo`llab-quvvatlash va ish o`rinlarini saqlab qolish maqsadida Sanitariya qoidalar, normalari, gigiena normativlariga va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qat`iy rioya etgan holda “Damas” rusumli va boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarida yo`lovchilarni tashish, karaoke va bilyard zallari, SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi.

    Boshqa yangiliklar