AsosiyDunyo

"Black Lives Matter" harakati Nobel mukofotiga nomzod bo`ldi

'"Black Lives Matter" harakati Nobel mukofotiga nomzod bo`ldi'ning rasmi

Afroamerikaliklarni kamsitishga, irqchilik va zo`ravonlikka qarshi bo`lgan Amerikaning "Black Lives Matter" harakati Nobel mukofotiga nomzod bo`ldi. Ushbu tashabbusni Norvegiya parlamenti deputati Petter Eide ilgari surdi, deya xabar berdi Guardian.

Norvegiya parlamenti deputati bu harakatni butun dunyoga talluqli bo`lgan "irqiy kamsitishlarga qarshi global kurash"ning muhim qismi deya e`tirof etdi.

"Black Lives Matter" harakati 2013 yilda Alisiya Garza, Patriss Kallors va Opal Tometi tomonidan qora tanli o`spirin Trayvon Martinni otib o`ldirgan patrul xodimi Jorj Zimmermanni sud oqlaganidan keyin tashkil etilgan. Harakat afroamerikaliklar Maykl Braun va Erik Garnerning o`limiga qarshi 2014 yilgi norozilik namoyishlaridan keyin yanada kengroq tarqaldi. 2020 yilda Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floydni polisiya tomonidan o`ldirilishi oqibatida "Black Lives Matter" norozilik namoyishlari AQSh tashqarisida, dunyoning o`nlab mamlakatlarida ham tarqaldi. Namoyishlarga Qo`shma Shtatlar bo`ylab g`alayonlar va pogromalar, jumladan, qullikni ilgari surgan tarixiy shaxslarning yodgorliklarini buzish ham qo`shildi.

2020 yil dekabr oyida #BlackLivesMatter Twitter-dagi #COVID19 dan keyin ikkinchi o`rindagi, eng mashhur hashtagga aylandi.  Bloomberg "Black Lives Matter" harakati asoschilarini 2020 yilda "Yil odamlar"i qatoriga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar