AsosiyJamiyat

Namangandagi 2 ta bog`chada 300 milliondan ortiq mablag`lar noqonuniy ravishda o`zlashtirilgan — Maktabgacha ta`lim vazirligi

'Namangandagi 2 ta bog`chada 300 milliondan ortiq mablag`lar noqonuniy ravishda o`zlashtirilgan — Maktabgacha ta`lim vazirligi'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirligining Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati tomonidan Namangan viloyati Chust tumanidagi 11-son va 19-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining moliya-xo`jalik faoliyati yuzasidan o`rganish o`tkazildi deya xabar bermoqda Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 11-son davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida 2016-2020 yillarda 19 nafar xodimlar nomiga hisoblangan 98 mln.so`m naqd pullar xodimlarga berilmagan, 14 nafar o`z vazifalarini bajarmagan xodimlar nomiga 145,7 mln.so`m ish haqi noqonuniy hisobdan chiqarilgan.

19-son davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida 2018-2020 yillarda 8 nafar xodimlar nomiga hisoblangan 67 mln.so`m naqd pullar xodimlarga berilmagan, 10 nafar o`z vazifalarini bajarmagan xodimlar nomiga 63,8 mln .so`m ish haqi noqonuniy hisobdan chiqarilgan.

Ushbu MTT direktorlari hozirgi kunda lavozimidan ozod etildi. O`rganish hujjatlari qonuniy qaror qabul qilish uchun Namangan viloyat prokuraturasiga topshirildi.

Ma`lumot uchun: 11-sonli MTTdan 98 mln. so`m va 19-son MTTdan esa 67mln. so`m, jami 165 mln. so`m miqdorida davlat byudjetiga etkazilgan zarar davlat hisobiga undirildi.

    Boshqa yangiliklar