Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qarori bilan shu kungacha Toshkent shahar Olmazor tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonov Baxtiyor Sultonovich egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Uning o`rniga ushbu lavozimga Mullajanov Abdumajid Fayzullaevich tayinlandi.
Abdumajid Mullajanov 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan.
1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Ko`p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlagan.