Bugun, 30 yanvar kuni, O`zbekiston shaxmat federasiyasida navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi.Konferensiyada tashkilotga yangi rais saylandi. Bu haqda kun.uz xabar berdi.
“Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov O`zbekiston shaxmat federasiyasining yangi raisi etib saylandi.
Eslatib o`tamiz, bungacha federasiya raisi lavozimini prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Dmitriy Li egallab kelayotgandi”,–deyiladi xabarda.