AsosiyDunyo

Xitoy 2020 yilda 220 milliarddan ortiq niqobni eksport qildi

'Xitoy 2020 yilda 220 milliarddan ortiq niqobni eksport qildi'ning rasmi

Xitoy 2020 yilda 220 milliarddan ziyod himoya niqobini 200 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga eksport qildi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirining o`rinbosari Tsian Kemingga tayanib interfax xabar berdi.

Unga ko`ra 2,3 milliard himoya kostyumi va sinovlar uchun 1 milliard reaktiv to`plamlari ham eksport qilingan.

Rasmiyning ta`kidlashicha, Xitoy "epidemiyaga qarshi dori-darmonlarni etkazib beruvchi eng yirik davlat sifatida o`zining ustunligini" faol ravishda rivojlantirmoqda.

2020 yilda Xitoy iqtisodiyoti 2,3 foizga o`sdi. Iqtisodiy o`sish so`nggi o`n to`rt yil ichida eng past ko`rsatkich bo`ldi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sharoitida Xitoy o`sishni ko`rayotgan yagona yirik global iqtisodiyotdir.

Masalan, AQSh YaIM 2020 yilga kelib 3,5 foizga kamaydi - bu 1946 yildan beri eng muhim pasayish. Rossiya yalpi ichki mahsuloti o`tgan yili 4 foizga kamaydi.

Boshqa yangiliklar