AsosiyDunyo

Hindistonda noma`lum kasallik qurbonlari soni ortib bormoqda

'Hindistonda noma`lum kasallik qurbonlari soni ortib bormoqda'ning rasmi

So`nggi bir yarim oy ichida Hindistonning turli hududlarida 700 dan ortiq odam  noma`lum kasallikka chalindi. Bu haqda PLANETANOVOSTI xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu umuman yangi kasallik bo`lib, olimlar uni aniqlay olishmayapti.

Manbalarda aytilishicha, odamlar normal hayot kechiradilar, so`ngra birdan hushidan keta boshlaydilar. Bir yarim oy davomida bir nechta o`lim holati ham qayd etilgan.

So`nggi bir necha kun ichida 29 kishi kasallandi. Ulardan biri vafot etdi, qolganlarning hammasi darhol Denduluru hududida joylashgan Birlamchi tibbiy yordam markaziga yotqizilgan. Bemorlarning bir qismi yashash joyiga qarab boshqa kasalxonalarga yuborilgan.

JSST vakillari noma`lum kasallikning sabablarini aniqlash uchun nafaqat qon, balki suv va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlaridan ko`plab namunalarni to`pladi. Biroq rasmiylar natijalarni oshkor qilishga shoshilmayapti.

Boshqa yangiliklar