O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 yanvardagi PQ-4966-sonli Qarori bilan Rustamov Olimxon Bakievich O`zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirining o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar O.Rustamov O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, “O`zbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK hamda boshqa idora va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.
O.Rustamov yangi lavozimida investisiyalarni jalb qilish, investisiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investisiya dasturlari, shu jumladan hududiy investisiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda Respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas`ul bo`ladi.
Shuningdek, O.Rustamov vazifalariga ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmog`ining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalari kiradi.