Pensioner olishi lozim bo`lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi bilan ta`minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a`zolariga to`lanadi.
Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a`zolari bu pulni, ular boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi bilan ta`minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo`ladilar.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko`rsatib o`tilgan oila a`zolariga oyning u vafot topgunga qadar o`tgan kunlari uchun to`lanadi.






