“Darakchi” muxbiri “E`tirof-2015” taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi teatr aktyori” nomiga sazovor bo`lgan aktyor Feruz Burxonovni suhbatga tortdi.
- “Yilning eng yaxshi teatr aktyori” bo`ldingiz. Bunga qaysi obrazingiz loyiq topildi deb o`ylaysiz?
- Xabaringiz bor, Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” asari milliy teatrimizda qo`yila boshlandi. Undagi Otabek obrazim uchun shu nomga loyiq topildim.
- Sizga beriladigan gonorar ham oshgandir?
- Yo`q, narxlarga unvon hali ta`sir qilmadi (kuladi).
- Takliflar-chi?
- Takliflar ko`paydi. Ayni kunda bir ikkita loyixani ko`rib chiqyapman. Nasib qilsa yangi obrazlirim bilan muxlislarni xursand qilaman!
Yodgorbek YuKSAL





