Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Uchko`prik tumanida 15 yanvar kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Mehnatobod qishlog`idagi fuqaro J.Q.ga tegishli fermer xo`jaligi dala shiyponida fuqaro D.M., M.X va M.A.lar qimor o`ynayotganligi aniqlanib, turli kupyuradagi jami 825 ming so`m pullar va boshqa buyumlar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan JIB Uchko`prik tuman sudining qaroriga ko`ra, D.M., M.X va M.A.lar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 191-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish) bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.






