AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida 5 ming emas, 9 ming nafar ko`ngilli ishtirok etishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida  5 ming emas, 9 ming nafar ko`ngilli ishtirok etishi ma`lum qilindi'ning rasmi

️Innovasion rivojlanish vazirligi axborot xizmati Xitoyning Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining uchinchi sinov bosqichlari davom etayotganini va tadqiqotda avval xabar berilganidek 5 ming nafar ko`ngilli emas, 9 ming nafar ko`ngilli ishtirok etishini ma`lum qildi.

Tadqiqot ko`lamining kengaytirilishiga sabab, birinchidan, tadqiqot ishtirokchilari sonining ikkinchi va uchinchi doza emlash bosqichida kamayish ehtimoli mavjudligidadir. Ikkinchidan, O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat barqarorlashgani bois, koronavirusning vaksina olganlarga ta`sirini o`rganish qiyinlashmoqda. Negaki, vaksinaning ta`siri organizmga virus ta`sir qilganda aniqlanadi.

O`z navbatida, vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko`ngillilarning yarmi vaksina emas, plasebo olayotganini ham eslatib o`tilmoqda.

Ko`ngillilar ushbu havola orqali ro`yxatdan o`tishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar