2021 yil 31 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 755 (+44) nafarni tashkil etgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 11 nafari Toshkent viloyatida,
- 21 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Jizzax viloyatida 4 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 4 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
- Toshkent shahrida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 77 221 (+30) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 913 nafar bemordan 152 nafari og`ir, 30 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






