AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingga yaqin bemor vafot etdi - JSST

'Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingga yaqin bemor vafot etdi - JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 102 million 083 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 209 mingdan ziyod kishi vafot etgan (31.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:03 holatiga ko`ra).  Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 501 930 yangi holati aniqlandi, 11 986 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (01.02.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 102 million 964 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 227 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 25,676 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,746 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (9,118 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 164 415, Hindistonda 13 052, Braziliyada 59 826 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar