1

Tayvandagi xarobalar ostidan 6 oylik qizcha olib chiqildi

Dunyo 08.02.2016, 12:16
Tayvandagi xarobalar ostidan 6 oylik qizcha olib chiqildi

Tayvandagi bino xarobalari ostida 30 soat qolib ketgan olti oyolik qizcha qutqarib olindi, deb xabar beradi “Vesti”.

Hozirda qizcha shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning aytishicha, uning ahvoli qoniqarli.

Quqqaruvchilar avvalroq xarobalar ostida bir sutka qolib ketgan 20 yoshli yigitni qutqargan edi. Kuchli zilzila oqibatida bedarak yo`qolganlar soni 120 dan ham oshib ketdi. Bundan tashqari, 34 kishi halok bo`lgani va 500 dan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Tayvanda 6 fevral kuni 6,4 magnitudali zilzila sodir bo`lgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1