O`zbekiston xalq artisti, professional teatr va kino aktrisasi Ikroma Boltaeva 1916 yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tavallud topgan.
Aktrisa 1934-45 yillar Samarqand teatrida, 1946 yildan Hamza (hozirgi O`zbek milliy akademik drama) teatrida ishlagan.
U 1993 yil 21 noyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Ikroma Boltaeva suratga tushgan filmlar:
“Lenin ortidan” – 1958 y.
“Mahallada duv-duv gap” – 1960 y.
“Ajoyib xayolparast” – 1977 y.
“To`ylar muborak” – 1978 y.
“Suyunchi” – 1982 y.
“Qolmoq” – 1992 y.






