Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Fernando Torres “Eybar”ga qarshi o`yinda mazkur klub safidagi 100-golini kiritdi.
Shundan keyin Torres futbolkasini 84 yoshli Manolo Brinyasuga taqdim etdi. Chunki bu inson o`z vaqtida “Atletiko” futbol akademiyasiga mas`ul bo`lgan va Torresni jamoa maktabiga olgan edi. O`shanda hujumchi 10 yoshga qadam qo`ygandi.





