AsosiyJamiyat

Jizzaxda fuqaro otasi yashirib qo`ygan miltiqni topib olib, "kerakli" joyga topshirdi

'Jizzaxda fuqaro otasi yashirib qo`ygan miltiqni topib olib, "kerakli" joyga topshirdi'ning rasmi

“Rostda” muxbirining xabar berishicha, Jizzax shahri “Navro`z” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi 66 yoshli M.A. turar joyi hududidagi omborxonani tozalash chog`ida yog`ochlar orasidan miltiq topib olgan.

Pensioner topilmani Jizzax shahar IIOFMBga topshirgan. M.A.ning bildirishicha, 1941 yilda ishlab chiqarilgan 2 stvolli 16 kalibrli ov quroli uning marhum otasiga tegishli bo`lgan.

Holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar