AsosiyJamiyat

Talabalarning reyting daftarchasi, qayd varaqasi, o`qituvchilar dars rejasi hamda jurnali to`liq elektron shaklga o`tadi

'Talabalarning reyting daftarchasi, qayd varaqasi, o`qituvchilar dars rejasi hamda jurnali to`liq elektron shaklga o`tadi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali Xoliqov sohaga doir yangiliklar haqida ma`lumot berdi. 

«Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayoni to`liq kredit-model tizimiga o`tgach, barcha ishlar elektron shaklga o`tkaziladi. Reyting daftarchasi, talabalarning qayd varaqasi, o`qituvchilar dars rejasi, jurnali hamda talabalar jurnalini yuritishda qog`oz ko`rinishidan butunlay voz kechiladi.

Elektron shaklda baholar bo`yicha ham shaffoflik yaratiladi. O`qituvchi baholarni qachon qo`yishi, qanday asoslarga ko`ra baholanishi aniq bo`ladi va belgilangan muddat o`tgach, o`qituvchi bahoni o`zgartirishiga imkon bo`lmaydi. Hattoki qaysidir sabab bilan o`zgartirilsa ham bu haqdagi ma`lumotlarni saqlab qoladigan tizim yaratilmoqda». 

Boshqa yangiliklar