AsosiyJamiyat

Surxondaryoda blogerlarga nisbatan hujum boshlangani rostmi?

'Surxondaryoda blogerlarga nisbatan hujum boshlangani rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “blogerlarga nisbatan hujum boshlandi” sarlavhasi ostida  videotasvir tarqalgan edi. O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida IIB xodimlari tomonidan “Sattoriy Otabek” ismli blogerning yashash xonadonida tintuv o`tkazish yuzasidan ruxsat berilganligi, unga nisbatan xodimlar “rezultat” uchun bironta tuhmatni qo`yish maqsadida o`z uyidan kuch ishlatilib bosib olib ketilganligi bayon qilingan. Aslida voqea qanday bo`lgan?!

2021 yil 29 yanvar kuni Sherobod tumani “Qo`rg`on” MFYda yashovchi fuqaro Lochin T., ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning dekabr oyida Sherobod tuman hokimligi tomonidan u rahbarlik qiladigan Sherobod tumanida joylashgan “Chinora Gul baraka” dehqon bozorida oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etish topshirig`i berilganligini, ushbu yarmarkadagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida o`zini “bloger Sattoriy Otabek” deb tanishtirgan shaxs kelib, bozordagi ushbu kamchiliklarni qo`l telefoniga tasvirga olgan va 2021 yil 28 yanvar kuni bloger Otabek unga qo`ng`iroq qilib, bozorni videotasvirga olish jarayonida o`zi foydalanib yurgan “RedMI-5” rusumli uyali telefon apparati sinib qolganligini, agarda unga bir dona yangi “Vivo-X50” rusumli uyali telefon apparatini sotib olib bermasa, bozordagi salbiy holatlar tushirilgan videotasvirlarni internet ijtimoiy tarmog`ida tarqatib yuborishi bilan tahdid qilayotganligi yuzasidan “bloger Otabek Sattoriy”ga nisbatan qonuniy chora ko`rishlarini so`rab, “bloger Otabek Sattoriy” bilan bo`lgan so`zlashuvlarni taqdim qilgan.

Olib borilgan tezkor-tadbir davomida, fuqaro Otabek S. Lochin T.dan  uyining oldida tovlamachilik yo`li bilan maxsus kimyoviy ishlov berilgan bir dona narxi 5.040.000 so`m bo`lgan “Vivo-X50” rusumli uyali telefon apparatini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro Otabek Sattoriyga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Shu o`rinda, fuqarolarimizdan asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, bu kabi yolg`on xabarlar uchun O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi  kodeksining 202-2-moddasi va Jinoyat kodeksining  244-6-moddasi “Yolg`on axborot tarqatish” kabi ma`muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o`tamiz.

 

 

    Boshqa yangiliklar