AsosiyJamiyat

AI-80 markali benzinning narxi oshishda davom etmoqda

'AI-80 markali benzinning narxi oshishda davom etmoqda'ning rasmi

«O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ga o`tgan hafta davomida 40 926,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi. Shundan 16 186,5 tonnasi, ya`ni 39,6% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 31 ta xaridor ishtirok etgani ma`lum qilindi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o`rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 805,5 ming so`mdan 5 875,1 ming so`mgacha yoki 1,2% ga ko`tarildi. Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 5 795,2 ming so`mni, AI-91 – 6 803,5 ming so`mni tashkil etdi.

Umuman olganda, joriy yilning boshidan buyon sotuvchi-korxonalar AI-80 rusumli avtomobil benzinining boshlang`ich narxini 5 633,8 ming so`mdan 5 874,7 ming so`mgacha, ya`ni 4,3% ga oshirgan.

Benzinning birjadagi narxi 5 665,4 ming so`mdan 5 875,1 ming so`mga, ya`ni 4,3% ga ko`tarildi. Benzinning boshlang`ich bahosi va birja savdolari natijasida shakllangan o`rtacha narxi o`rtasidagi tafovut atigi 0,007% ni tashkil qildi.

Turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Mavzuga doir:

AI-80 markali benzinining narxi oshdi

    Boshqa yangiliklar